Yangiliklar
OLIY BIZNES MAKTABI VA RANXiGS QO‘SHMA TA’LIM DASTURI
16-07-2025 | 86
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi Rossiya Federatsiyasi Prezidenti huzuridagi Xalq xo‘jaligi va davlat boshqaruvi akademiyasi (RANXiGS) bilan hamkorlikda 2025/2026 oʻquv yili uchun "MBA Korporativ boshqaruv va biznesni strategik rivojlantirish + MSc Menejment" mutaxassisligi bo‘yicha qo‘shma ta’lim dasturiga qabul boshladi.
DASTURNING MAQSADI: Biznesni boshqarish va strategik rivojlantirish sohasida chuqur nazariy bilimlarga va amaliy kompetensiyalarga ega bo‘lgan rahbarlar va yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlash, shuningdek korporativ boshqaruvni amalga oshirishdir.Dastur iqtisodiyotning barcha sohalari: marketing, moliya, menejment, innovatsiyalar, raqamlashtirish, strategiya, yetakchilik, motivatsiya, vaqtni samarali rejalashtirish bo‘yicha tizimli bilimlarni olish va ko‘nikmalarni oshirish, shuningdek, universal kompetensiyalarni shakllantirish va boshqaruv ko‘nikmalari imkonini beradi.
Nomzodlar https://e-tinglovchi.gsbe.uz/ qabul platformasi orqali hujjatlarni yuborishlari mumkin
➡️ Batafsil
Maʼlumot uchun telefon: +99871 239-03-02