Magistratura bitiruvchilariga diplomlar topshirildi!

09-09-2026 | 22

Magistratura bitiruvchilariga diplomlar topshirildi!

#GSBE #GraduateSchool #GraduationCeremony #MasterDegree

2026-yil 9-sentabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Biznes va tadbirkorlik oliy maktabida magistratura bitiruvchilari uchun tantanali “Diplom topshirish marosimi” bo‘lib o‘tdi.

Marosim davomida bitiruvchilar uzoq yillik mehnat, izlanish va intilishlarining munosib natijasi - magistrlik diplomlarini tantanali ravishda qabul qilib oldilar.

Marosimda:

  • MBA Moliya
  • MBA Raqamli iqtisodiyot
  • MBA Agrobiznes
  • MBA Global menejment
  • MBA Kichik biznes va tadbirkorlik
  • MS Loyiha boshqaruvi

 

mutaxassisliklari bitiruvchilari ishtirok etdilar.

Tadbirda Oliy maktab rahbariyati, professor-o‘qituvchilar, bitiruvchilarning yaqinlari va do‘stlari ishtirok etib, ushbu quvonchli kunni ular bilan birgalikda nishonladilar.

Bu kun - katta mehnatning natijasi va yangi marralar sari qo‘yilgan muhim qadam!

Barcha bitiruvchilarimizni magistrlik darajasini muvaffaqiyatli tamomlaganlari bilan tabriklaymiz! Kelgusi faoliyatlarida ulkan zafarlar va yangi yutuqlar tilaymiz!