Yangi o‘quv yiliga qabul qilingan tinglovchilar diqqatiga!

08-09-2026 | 26

Yangi o‘quv yiliga qabul qilingan tinglovchilar diqqatiga!

#GraduateSchool #OrientationDay #BiznesvaTadbirkorlik

Biznes va tadbirkorlik oliy maktabida yangi o‘quv yiliga qabul qilingan tinglovchilar uchun “Orientation Day" (Tanishuv kuni) bo‘lib o‘tadi. 

Ushbu tadbir yangi o‘quv yilini muvaffaqiyatli boshlashingiz uchun zarur ma’lumotlar va tavsiyalar berishga qaratilgan.

Tadbir dasturida:

  • Oliy maktab faoliyati, missiyasi va imkoniyatlari
  • Ta’lim yo‘nalishlari bilan tanishuv
  • Akademik jarayon: o‘quv rejasi, kredit-modul tizimi va baholash mezonlari
  • Tashkiliy jarayonlar va ichki tartib-qoidalar
  • Savol-javob

 

Sana: 14-sentabr

Vaqti: 11:00

Manzil: Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi binosi, 5-qavat

Yangi bilimlar, yangi imkoniyatlar va yangi marralar sari ilk qadamingizni biz bilan boshlang!