Yangiliklar
Pre-MBA: Boshqaruv asoslari dasturi
04-09-2026 | 85
Pre-MBA: MANAGEMENT FOUNDATION PROGRAMZamonaviy boshqaruv bilimlari va yangi professional imkoniyatlar sariPre-MBA: Management Foundation Program (Boshqaruv asoslari dasturi) turli sohalarda faoliyat yuritayotgan mutaxassislar, davlat va xususiy sektor vakillari, tadbirkorlar, boshqaruv lavozimiga tayyorlanayotgan kadrlar hamda kelgusida MBA dasturida tahsil olishni rejalashtirayotgan nomzodlar uchun mo‘ljallangan 2 oylik intensiv dastur.
Dastur menejment, iqtisodiyot, moliya, marketing, strategiya, liderlik, tadbirkorlik, raqamli transformatsiya va sun’iy intellekt kabi zamonaviy boshqaruvning asosiy yo‘nalishlari bo‘yicha fundamental bilim va amaliy ko‘nikmalarni shakllantiradi.Ayniqsa, bakalavriat bosqichida iqtisodiyot, menejment yoki biznesga oid yo‘nalishlarda tahsil olmagan, biroq kelgusida MBA dasturida o‘qishni rejalashtirayotgan mutaxassislar uchun Pre-MBA zarur bilim bazasini shakllantirish va MBA ta’lim metodologiyasiga moslashish imkonini beradi.
Keyingi professional qadamingiz qanday?
MBA? – zarur bilim bazasini oldindan shakllantiring.
Professional o‘sish? – boshqaruv bo‘yicha bilim va kompetensiyalaringizni rivojlantiring.
Rahbarlik? – strategik fikrlash, liderlik va qaror qabul qilish ko‘nikmalaringizni mustahkamlang.
Yangi loyiha yoki tashabbus? – moliya, marketing va strategiyani yaxlit tizim sifatida tushunishni o‘rganing.
Zamonaviy boshqaruv? – raqamli transformatsiya va sun’iy intellekt imkoniyatlarini boshqaruvda qo‘llash bo‘yicha bilimlaringizni rivojlantiring.
Maqsadingiz turlicha bo‘lishi mumkin. Muhimi professional rivojlanishni davom ettirish.
Qabul uchun asosiy talab: Bakalavr darajasi va professional rivojlanishga intilish.
Hujjat topshirish: e-tinglovchi.gsbe.uz
71 239 03 10, 55 503 33 60
Pre-MBA – boshqaruvni tushunish, professional kompetensiyalarni rivojlantirish va keyingi ta’lim bosqichiga tayyorlanish uchun mustahkam poydevor.