Tadbirkorlikni elektron tijorat asosida rivojlantirish: tashqi bozorlarga Wildberries savdo platformasi orqali chiqish imkoniyatlari

03-09-2026 | 104

Tadbirkorlikni elektron tijorat asosida rivojlantirish: tashqi bozorlarga Wildberries savdo platformasi orqali chiqish imkoniyatlari

#GSBE #GraduateSchool #Ecommerce #Study

Tadbirkorlikni elektron tijorat asosida rivojlantirish: tashqi bozorlarga Wildberries savdo platformasi orqali chiqish imkoniyatlari

Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi “Wildberries” kompaniyasi bilan hamkorlikda elektron tijorat asosida tadbirkorlikni rivojlantirish boyicha biznes-muloqot formatidagi Forumni tashkil etmoqda.

Forumning maqsadi - elektron tijorat orqali kichik va o‘rta biznesni rivojlantirishga ko‘maklashish, mahalliy mahsulotlar sotuvini kengaytirish, yangi xorijiy bozorlarga chiqish hamda tadbirkorlarning eksport salohiyatini oshirishdan iborat.

Forum doirasida quyidagilar ko‘zda tutilgan:

  • marketpleysdagi ilk qadamlarni boshlash: ro‘yxatdan o‘tish, tovarni rasmiylashtirish, ilk buyurtmalar;
  • tovarni xaridorlarga o‘z kuchi bilan yetkazib berish;
  • O‘zbekiston tadbirkorlarini marketpleys orqali savdo qilishda qo‘llab-quvvatlash;
  • tovarlar targ‘iboti va reklamasini yuritish;
  • foyda keltiradigan va zararli tovarlar savdosining o‘ziga xos xususiyatlari;
  • marketpleyslarda muvaffaqiyatli faoliyat yuritayotgan sotuvchilar bilan tajriba almashish.

 

Tadbirda ishtirok etish uchun taklif etiladilar:

  • kichik va o‘rta biznes subyektlari;
  • iste’mol tovarlari ishlab chiqaruvchilari;
  • hunarmandlar;
  • tarmoq birlashmalari;
  • davlat tashkilotlari vakillari.

 

Sana: 2026-yil 8-sentyabr

Vaqti: 10:00

Manzil: Toshkent shahri, Mirobod tumani, Mirobod ko‘chasi, 25-uy

Ro‘yxatdan o‘tish

Ishtirok etish bepul. Joylar soni cheklangan. Oldindan ro‘yxatdan o‘tish talab etiladi.