Yangiliklar
Biznes va tadbirkorlik oliy maktabining “Bank sektori uchun ESG asoslari” dasturi CPD xalqaro akkreditatsiyasini oldi
02-09-2026 | 120
Biznes va tadbirkorlik oliy maktabining “Bank sektori uchun ESG asoslari” dasturi CPD xalqaro akkreditatsiyasini oldi
Mazkur eʼtirof dastur mazmuni, oʻquv jarayoni va natijalari uzluksiz kasbiy rivojlanish sohasidagi xalqaro standartlarga muvofiqligini tasdiqlaydi.
Oʻquv dasturi bank sohasi mutaxassislarida ESG (Environmental, Social, Governance) - ekologik, ijtimoiy va korporativ boshqaruv tamoyillari boʻyicha zamonaviy bilim va amaliy koʻnikmalarni shakllantirishga qaratilgan. Jumladan, dastur doirasida ESG tamoyillarini bank faoliyatiga integratsiya qilish, iqlim va ekologik risklarni baholash hamda barqaror moliyaviy vositalar bilan ishlash masalalari oʻrganiladi.
CPD xalqaro akkreditatsiyasining qoʻlga kiritilishi Biznes va tadbirkorlik oliy maktabining zamonaviy kasbiy kompetensiyalarni rivojlantirish va taʼlim sifatini xalqaro standartlar asosida takomillashtirish borasidagi izchil faoliyatini tasdiqlaydi.Shuningdek, ushbu eʼtirof xalqaro hamkorlikni kengaytirish, ESG va barqaror moliya sohasidagi yetakchi professional tashkilotlar bilan tajriba almashish uchun yangi imkoniyatlar yaratadi.
Kursga qabul ochiq!
“Bank sektori uchun ESG asoslari” boʻyicha CPD xalqaro akkreditatsiyasiga ega oʻquv dasturida tahsil olish uchun hoziroq roʻyxatdan oʻtishingiz mumkin.
Tel: +998 71 239-03-10
Email: info@gsbe.uz
Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi xalqaro tajribalarni taʼlim jarayoniga joriy etish va bank sektorida ESG boʻyicha zamonaviy professional kompetensiyalarni rivojlantirish yoʻlida oʻz faoliyatini davom ettiradi.