Biznes kommunikatsiyasi va xorijiy tillari kafedrasiga hujjat topshirgan professor-o‘qituvchilar diqqatiga!

20-08-2026 | 99

Biznes kommunikatsiyasi va xorijiy tillari kafedrasiga hujjat topshirgan professor-o‘qituvchilar diqqatiga!

#GSBE #GraduateSchool #Selection #BusinessCommunication #OrganizationalLeadership

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Biznes va tadbirkorlik oliy maktabining Biznes kommunikatsiyasi va xorijiy tillari kafedrasiga hujjat topshirgan professor-o‘qituvchilar nomzodlari tanlovga taklif etiladi.

 

Tanlov o‘tkazilish sanasi: 2026-yil 26-avgust

Vaqti: Soat 10:00

Manzil: Toshkent shahri, Mirobod tumani, Mirobod ko‘chasi, 25. (Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi binosi)

 

Muhim eslatma: Nomzodlardan belgilangan vaqtdan 15 daqiqa oldin shaxsini tasdiqlovchi ID-karta (yoki pasport) hamda diplom va sertifikatlarining aslini yoki nusxasini o‘zlari bilan olib kelishlari so‘raladi.

Qo‘shimcha ma’lumotlar uchun:

Telefon: +998 (71) 239-03-22

 Veb-sayt: https://gsbe.uz