Yangiliklar
E’lon
19-08-2026 | 80
Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi, Jizzax viloyati hokimligi va “Wildberries” xalqaro elektron tijorat platformasi hamkorligida “O‘zbekistonda elektron tijorat orqali kichik va o‘rta biznesni qo‘llab-quvvatlash imkoniyatlari” mavzusida bir kunlik seminar bo‘lib o‘tadi.
Seminar davomida tadbirkorlarga quyidagi yo‘nalishlarda amaliy bilim va ko‘nikmalar beriladi:
- elektron savdo platformasida onlayn do‘kon ochish;
- tovarlarni joylashtirish va mahsulot kartochkasini yaratish;
- xaridorlarni izlash hamda ular bilan muloqot qilish;
- buyurtmalarni qabul qilish va yetkazib berish;
- logistika va to‘lov tizimlari bilan ishlash.
Taklif etiladigan tadbirkorlik subyektlari
Iste’mol tovarlari ishlab chiqaruvchi tadbirkorlar – kiyim-kechak, kosmetika va go‘zallik mahsulotlari, charm-poyabzal, sport tovarlari, hunarmandchilik va qo‘lda tayyorlangan buyumlar, taqinchoqlar, suvenirlar, bolalar o‘yinchoqlari, elektrotexnika jihozlari, quritilgan mevalar, ziravorlar, kanselyariya tovarlari, avtomobil aksessuarlari, uy jihozlari, plastmassa va rezina buyumlar.
Ishtirok etish bepul
Sana: 2026-yil 25-avgust
Vaqti: 10:00
Manzil: Jizzax shahri, I.Karimov ko‘chasi, 4 uy, Jizzax Politexnika instituti, "A" binosi. (Jizzax yong‘in xavsizligi boshqarmasi)
Telefon: +998 93 290-11-55