Yangiliklar
Nomzodlar diqqatiga
17-08-2026 | 154
Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi hamda Qozon (Volga bo‘yi) federal universiteti (QFU)ning qo‘shma magistratura dasturiga kirish sinovlarining I bosqichi — iqtisodiyot va menejment asoslari bo‘yicha test sinovi natijalari e’lon qilindi.
Natijalar bilan quyidagi havola orqali tanishishingiz mumkin.
Kirish sinovlarining keyingi bosqichi 17-avgust kuni soat 16:00 da Bilim va malakalarni baholash agentligi binosida (sobiq Davlat test markazi) bo‘lib o‘tadi.
Ishtirokchilardan kirish sinovi o‘tkaziladigan joyga soat 15:30 da yetib kelishlarini so‘raymiz.
QFU qo‘shma diplom dasturi nomzodlari uchun.
Telefon: +998 (71) 239-03-26