Yangiliklar
Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi 2025/2026 o‘quv yili uchun magistratura dasturlariga qabul boshlanganini e’lon qiladi!

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi zamonaviy mutaxassislarni tayyorlash maqsadida 2025/2026 o‘quv yili uchun magistratura bosqichiga qabul jarayonlarini boshladi.
Qabul quyidagi magistrlik dasturlari bo‘yicha amalga oshiriladi:
✔️ MSc Loyiha boshqaruvi
✔️ MBA Agrobiznes
✔️ MBA Global Menejment
✔️ MBA Kichik biznes va tadbirkorlik
✔️ MBA Liderlik
✔️ MBA Moliya
✔️ MBA Raqamli iqtisodiyot
Ta'lim shakli: Kunduzgi va kechki
Dars jarayonlari tajribali professor-o‘qituvchilar tomonidan o‘zbek, rus va ingliz tillarida olib boriladi. Tinglovchilarga innovatsion fikrlash, strategik boshqaruv, biznesni rivojlantirish, raqamli transformatsiya, moliyaviy tahlil kabi yo‘nalishlarda chuqur bilimlar beriladi.
Ta’lim jarayonida tinglovchilar xalqaro amaliyot, tajriba almashinuvi va stajirovkalarda ishtirok etish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.
Hujjat topshirish jarayoni onlayn shaklda e-tinglovchi.gsbe.uz platformasi orqali amalga oshiriladi. To‘liq ma’lumot, qabul talablari va hujjatlar ro‘yxati bilan quyidagi havola orqali tanishishingiz mumkin: Link