Suhbat bosqichidan muvaffaqiyatli o‘tgan nomzodlar diqqatiga!

12-08-2026 | 53

Suhbat bosqichidan muvaffaqiyatli o‘tgan nomzodlar diqqatiga!

#GSBE #GraduateSchool #Admission #MBA #MSc

Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi magistratura mutaxassisliklariga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha test sinovlari 2026-yil 21-avgust kuni soat 10:00 da o‘tkaziladi. Test sinovlari O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Bilim va malakalarni baholash agentligi tomonidan quyidagi manzilda bo‘lib o‘tadi: Toshkent viloyati, Nurafshon shahri, "Nurafshon sity" hududi, Yangiobod MFY, Yangiobod ko‘chasi, 35-uy (Mo‘ljal: Toshkent viloyat рrokuraturasi orqa tomoni).

Nomzodlarni belgilangan tartibda ro‘yxatdan o‘tishlari uchun test sinovlari bo‘lib o‘tadigan hududga 21-avgust kuni soat 10:00 dan kech qolmasdan shaxsini tasdiqlovchi hujjatlar (pasport yoki ID karta) bilan kelishlari so‘raladi! 

Ro‘yxatdan o‘tish jarayoni soat 09:00 da boshlanadi.

Eslatib o‘tamiz, suhbat natijalari bilan e-tinglovchi.gsbe.uz platformasidagi shaxsiy profilingiz orqali tanishishingiz mumkin.

Barcha nomzodlarga test sinovlarida muvaffaqiyat tilaymiz!

Batafsil ma'lumot: 55 503 33 60, 71 239 03 15

@gsbeuz @gsbeuz_bot