Xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan navbatdagi tadbir bo‘lib o‘tdi

07-08-2026 | 148

Xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan navbatdagi tadbir bo‘lib o‘tdi

#GSBE #GraduateSchool #Training #Courses

Bo‘stonliq tumanidagi «Livinston» sog‘lomlashtirish maskanida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 14-martdagi 103-son qarori ijrosi doirasida navbatdagi sog‘lomlashtirish va ta’lim bosqichi tashkil etildi.

Tadbirning asosiy maqsadi ijtimoiy ko‘makka muhtoj xotin-qizlarning salomatligini mustahkamlash, ularning bilim va ko‘nikmalarini oshirish, iqtisodiy faolligini rag‘batlantirish hamda tadbirkorlik faoliyatini boshlash va rivojlantirish uchun zarur imkoniyatlarni yaratishdan iborat bo‘ldi.

Tadbirda Andijon va Sirdaryo viloyatlaridan tashrif buyurgan, “Ayollar daftari”ga kiritilgan 320 nafardan ortiq xotin-qizlar ishtirok etishdi. Ishtirokchilar uchun sog‘lomlashtirish tadbirlari bilan bir qatorda o‘quv mashg‘ulotlari ham tashkil etildi.

Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi mutaxassislari tomonidan o‘tkazilgan interaktiv seminarlar va amaliy mashg‘ulotlar davomida xotin-qizlarning tadbirkorlik ko‘nikmalarini rivojlantirish, moliyaviy savodxonligini oshirish, biznes g‘oyalarni shakllantirish hamda ularni amaliyotga tatbiq etish masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Shuningdek, ishtirokchilar biznes-reja tuzish, zamonaviy tadbirkorlikni samarali yuritish hamda kichik biznesni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash mexanizmlari bilan yaqindan tanishdilar.

Tadbir yakunida ishtirokchilar tadbirkorlikni boshlash va rivojlantirish, biznes faoliyatini samarali tashkil etish hamda mavjud imkoniyatlardan oqilona foydalanish bo‘yicha zarur bilim va amaliy ko‘nikmalarga ega bo‘ldilar.