Yangiliklar
Yangi imkoniyatlar sari ta’lim
24-07-2026 | 508
Bo‘stonliq tumanida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 14-martdagi 103-son qarori ijrosi doirasida tashkil etilgan navbatdagi sog‘lomlashtirish va ta’lim dasturi bosqichi bo‘lib o‘tdi. Mazkur dastur xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning iqtisodiy faolligini oshirish va yangi imkoniyatlar yaratishga qaratilgan.
Dasturda ijtimoiy ko‘makka muhtoj bo‘lgan 300 nafardan ortiq xotin-qizlar ishtirok etishdi. Unda “Ayollar daftari”ga kiritilgan Andijon va Sirdaryo viloyati vakillari qatnashishdi.
Ishtirokchilar uchun sog‘lomlashtirish tadbirlari va ta’lim modullarini o‘z ichiga olgan dastur tashkil etildi. Unda tadbirkorlik ko‘nikmalarini rivojlantirish, moliyaviy savodxonlikni oshirish hamda biznes tashabbuslarini amalga oshirish uchun zarur amaliy bilimlarni shakllantirishga alohida e’tibor qaratildi.