Yangiliklar
Magistratura (MBA/MS) nomzodlari orasida bakalavr diplomini kutayotgan bitiruvchilar diqqatiga!
24-07-2026 | 36
Joriy yilda bakalavr bosqichini muvaffaqiyatli tamomlagan, biroq diplomini hali olmagan nomzodlar uchun qo‘shimcha imkoniyat.
Endilikda siz bakalavr bosqichini tamomlaganingizni tasdiqlovchi rasmiy hujjat asosida e-tinglovchi.gsbe.uz qabul platformasi orqali hujjatlaringizni topshirishingiz mumkin.
Biroq, mazkur tartib asosida hujjat topshirgan nomzodlar suhbat va test sinovlaridan muvaffaqiyatli o‘tgan taqdirda, tinglovchilar safiga qabul qilinishidan oldin bakalavr diplomi asl nusxasini taqdim etishlari shart.
Agar diplomning asl nusxasi belgilangan muddatda taqdim etilmasa, qabul hujjatlari to‘liq taqdim etilmagan deb hisoblanadi va nomzod tinglovchilar safiga qabul qilinmaydi.
Mazkur tartib faqat 2026-yilda bakalavr bosqichini muvaffaqiyatli tamomlagan, biroq diplomini hali olmagan nomzodlarga tatbiq etiladi.
Qabul jarayonlari 2026-yil, 31-iyul kuniga qadar davom etadi.
Hujjat topshirish: e-tinglovchi.gsbe.uz
Batafsil ma'lumot: 55 503 33 60, 71 239 03 15
@gsbeuz | @gsbeuz_bot