Yangiliklar
Oliy biznes maktabi va Qozon (Volgabo‘yi) federal universiteti qo‘shma ta’lim dasturi
15-07-2026 | 77
Oliy biznes maktabi va Qozon (Volgabo‘yi) federal universiteti qo‘shma ta’lim dasturi🇺🇿 Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi Qozon (Volgabo‘yi) Federal Universiteti (KFU) bilan hamkorlikda 2026/2027-o‘quv yili uchun quyidagi magistratura yo‘nalishlari bo‘yicha “ikki diplom” (dual degree) xalqaro qo‘shma dasturiga qabul e’lon qilmoqda:
- MBA «Innovatsion menejment» (Oliy biznes maktabi)
- MS «Menejment» (QFU)
Ta’lim shakli
Yangi o‘quv yilida darslar haftasiga ikki marta, yarim kun davomida o‘tkaziladi.
Haftaning bir kunida tinglovchilar masofaviy ma'ruzalarda ishtirok etadilar, shanba kunlari esa kunduzgi seminar hamda amaliy mashg‘ulotlarda qatnashadilar.
Nomzodlar quyidagi qabul platformasi orqali ariza topshirishlari mumkin: https://e-tinglovchi.gsbe.uz/
Ma’lumot uchun telefon: +998 71 239 03 26