Yangiliklar
O‘zbekiston-Saudiya Arabistoni: Innovatsion kompaniyalari biznes muloqoti

2025-yil 26 iyun kuni Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi, IT PARK va Monsha’at Saudiya Arabistoni kichik va o‘rta biznesni qo‘llab-quvvatlash tashkiloti bilan hamkorlikda O‘zbekiston-Saudiya Arabistoni innovatsion kompaniyalari muloqoti o‘tkaziladi.
Maqsad ikki davlat innovatsion, axborot texnologiyalari yo‘nalishidagi tashkilot va kompaniyalari o‘rtasida axborot texnologiyalari, dasturlash, EdTech, sun’iy intellekt, xizmatlar, AKT infrastrukturasi va raqamlashtirish bo‘yicha hamkorlik o‘rnatish hamda qo‘shma loyihalarni amalga oshirishdir.
Saudiya Arabistoni kompaniyalari bilan tanishish
Tadbir ingliz tilida olib boriladi va ishtirokchilar 2025 yil 23-iyunga qadar ro‘yxatdan o‘tishlari so‘raladi.
🗓 Sanasi: 2025-yil 26-iyun
⏱Vaqti: 10:00-13:00
📍Manzil: Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi, Toshkent shahri, Mirobod tumani, Mirobod ko‘chasi, 25-uy
📞Telefon: +998 71 239-23-07