ESG o‘quv dasturining ilk bitiruvchilariga sertifikatlar topshirildi

03-07-2026 | 514

ESG o‘quv dasturining ilk bitiruvchilariga sertifikatlar topshirildi

#GSBE #GraduateSchool #ESG #Sustainability #CapacityBuilding

2026-yil 3-iyul kuni “UzAssets” AJ tomonidan Osiyo taraqqiyot banki ko‘magida hamda Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi bilan hamkorlikda yirik davlat kompaniyalari mutaxassislari uchun tashkil qilingan ESG o‘quv dasturining ilk bitiruvchilariga sertifikatlar topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi. Ushbu tantanali tadbir doirasida mamlakatimizdagi barcha davlat korxonalari xodimlari uchun ESG bo‘yicha ta’lim olish imkoniyatini yaratadigan yangi onlayn platforma taqdimoti ham o‘tkazildi. 

Mazkur dasturning asosiy maqsadlari va ahamiyati bevosita davlat korxonalarining kapital jalb qilish imkoniyatlarini kengaytirish, investorlar ishonchini oshirish hamda xalqaro bozorlarga, jumladan IPO va xususiylashtirish jarayonlariga chiqishiga ko‘maklashishdan iboratdir. Shu bilan birga, davlat kompaniyalarining ichki kadrlari va milliy ekspertizasini rivojlantirishga, ESG xavflarini tizimli boshqarish hamda xalqaro standartlarga mos keladigan moliyaviy bo‘lmagan hisobotlar sifatini oshirishga xizmat qiladi.