Yangiliklar
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi 2026/2027 o‘quv yili uchun magistratura bosqichiga qabul jarayonlarini boshladi
25-06-2026 | 147
Qabul quyidagi magistratura mutaxassisliklari bo‘yicha amalga oshiriladi:
Mazkur mutaxassisliklar zamonaviy biznes muhiti talablaridan kelib chiqib ishlab chiqilgan hamda tinglovchilarning boshqaruv salohiyatini rivojlantirish va amaliy ko‘nikmalarini mustahkamlashga yo‘naltirilgan.
Dars jarayonlari tajribali professor-o‘qituvchilar tomonidan o‘zbek, rus va ingliz tillaridagi guruhlarda olib boriladi. Tinglovchilarga strategik boshqaruv, biznesni rivojlantirish, raqamli transformatsiya, moliyaviy tahlil kabi yo‘nalishlarda chuqur bilimlar beriladi.
Shuningdek, tinglovchilar mahalliy va xalqaro tajriba almashish dasturlari hamda stajirovkalarda ishtirok etish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.
Hujjat topshirish jarayoni onlayn shaklda e-tinglovchi platformasi orqali amalga oshiriladi. To‘liq ma’lumot, qabul talablari va hujjatlar ro‘yxati bilan ushbu havola orqali tanishishingiz mumkin.
Qo‘shimcha ma’lumot uchun: (71) 239 03 15, (55) 503 33 60
@gsbeuz @gsbeuz_bot