Yangiliklar
Oliy biznes maktabi va QFUning qo‘shma ta’lim dasturi
22-06-2026 | 29
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi hamda Qozon (Volgabo‘yi) Federal Universiteti (QFU) 2026–2027 o‘quv yili uchun magistratura yo‘nalishlari bo‘yicha qo‘shma ikki diplom dasturga hujjatlar qabuli boshlanganini e’lon qiladi:
- MBA “Innovatsion menejment”
- “Menejment”
Ta’lim yakunida bitiruvchilarga quyidagi ikki diplom beriladi:•
- “Innovatsion menejment” yo‘nalishi bo‘yicha MBA diplomi (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi)
- “Menejment” yo‘nalishi bo‘yicha magistr diplomi (Qozon (Volgabo‘yi) Federal Universiteti)
Dastur kimlar uchun:
- Tadbirkorlar va biznes egalari;
- Tashkilotlar hamda tarkibiy bo‘linmalar rahbarlari;
- Davlat boshqaruvi organlari va korporativ sektor vakillari;
- Kasbiy va karyeraviy o‘sishga intiluvchi mutaxassislar.
Dastur afzalliklari:
- O‘zbekiston va Rossiya Federatsiyasining yetakchi ta’lim muassasalari diplomlari;
- Biznes va iqtisodiyotning dolzarb ehtiyojlariga yo‘naltirilgan zamonaviy ta’lim dasturlari;
- Yetakchi professor-o‘qituvchilar va amaliyotchi ekspertlardan ta’lim olish imkoniyati;
- Haqiqiy biznes keyslar va loyiha ishlari asosidagi amaliyotga yo‘naltirilgan ta’lim shakli;
- Innovatsion menejment, strategik boshqaruv va raqamli transformatsiyaning zamonaviy yondashuvlarini o‘rganish;
- Kasbiy aloqalarni kengaytirish va boshqaruv kompetensiyalarini rivojlantirish imkoniyati.
Nimalarni o‘rganasiz:
- Raqamli iqtisodiyot sharoitida tashkilotlarni rivojlantirish strategiyalarini ishlab chiqish va amalga oshirish; Innovatsiyalar, loyihalar va tashkiliy o‘zgarishlarni boshqarish;
- Zamonaviy tahlil usullari va risklarni baholash asosida samarali boshqaruv qarorlarini qabul qilish;
- Strategik maqsadlarga erishish uchun yuqori samarali jamoalarni shakllantirish va rivojlantirish;
- Tashkilotlar raqobatbardoshligini oshirish uchun ilg‘or xalqaro boshqaruv amaliyotlaridan foydalanish;
- Biznesning barqaror rivojlanishi va yangi o‘sish imkoniyatlarini yaratishga qaratilgan innovatsion loyihalarni ishlab chiqish hamda amalga oshirish.
Nomzodlar arizalarni quyidagi qabul platformasi orqali topshirishlari mumkin: https://e-tinglovchi.gsbe.uz/
Murojaat uchun telefon: +998 71 239 03 26