Oliy biznes maktabi va RANXiGS qo‘shma ta’lim dasturi

22-06-2026 | 38

Oliy biznes maktabi va RANXiGS qo‘shma ta’lim dasturi

#GSBE #GraduateSchool #Ranepa #Admission #MBA #Master #Dual

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi Rossiya Federatsiyasi Prezidenti huzuridagi Rossiya xalq xo‘jaligi va davlat xizmati akademiyasi (RANXiGS) bilan hamkorlikda 2026–2027 o‘quv yili uchun ikki diplomli dasturga qabul boshlanganini e’lon qiladi.

Bitta ta’lim – ikkita diplom

Dastur yakunida bitiruvchilar quyidagilarga ega bo‘ladilar: 

  • “Korporativ boshqaruv va biznesni strategik rivojlantirish” yo‘nalishi bo‘yicha MBA (O‘zbekiston) 

  • “Menejment” yo‘nalishi bo‘yicha magistr darajasi (RANXiGS, Rossiya Federatsiyasi)  

 

Dastur kimlar uchun mo‘ljallangan:

  • Biznes egalari va tadbirkorlar uchun;

  • Kompaniyalar va tarkibiy bo‘linmalar rahbarlari uchun;

  • Davlat va sanoat sektori mutaxassislari uchun;

  • Karyera o‘sishi va kasbiy rivojlanishga yo‘naltirilgan istiqbolli menejerlar.

 

 Dastur afzalliklari:

  • Ikki diplom olish imkonini beruvchi xalqaro ta’lim formati;

  • Kuchli professor-o‘qituvchilar tarkibi va yetakchi ekspert-amaliyotchilar;

  • Real biznes-keyslar, loyihaviy ishlar va amaliy boshqaruv vositalari;

  • Korporativ boshqaruv va biznesni strategik rivojlantirishga zamonaviy yondashuvlar;

  • Liderlik kompetensiyalari, boshqaruvchanlik tafakkuri va raqamli ko‘nikmalarni rivojlantirish;

  • Barqaror rivojlanish va ESG-boshqaruv bo‘yicha eng yaxshi xalqaro amaliyotlarni o‘rganish.

 

 

O‘qish natijasi: Dastur global raqobat sharoitida strategik qarorlar qabul qila oladigan, tashkilotlarni samarali boshqaradigan, biznes transformatsiya loyihalarini amalga oshiradigan va yangi avlod rahbarlarini tayyorlashga yo‘naltirilgan.

Batafsil ma’lumot

Ariza topshirish:  https://e-tinglovchi.gsbe.uz

Ma’lumot uchun telefon: +998 71 239 03 26