Yangiliklar
Samarqand viloyati hududiy filiali tomonidan oilaviy mehmon uylari rahbarlari uchun turizm sohasida o‘quv kurslari tashkil etildi
19-06-2026 | 590
Urgut tumanida joylashgan Qoratepa, Tersak, Omonqoʻton va Bahrin mahallalari hokim yordamchilari bilan hamkorlikda, Tersak turizm qishlog‘idagi “Tersak sharsharasi” oilaviy mehmon uyida Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi Samarqand viloyati hududiy filiali tomonidan oilaviy mehmon uylari rahbarlari uchun turizm sohasida tadbirkorlik ko‘nikmalarini oshirishga qaratilgan o‘quv kurslari tashkil etildi.
Ta’lim jarayonida ishtirok etgan 24 nafar oilaviy mehmon uylari rahbarlariga turizm sohasidagi zamonaviy tendensiyalar, oilaviy turizmni rivojlantirish, raqamli marketing imkoniyatlari, turistlarni jalb etish strategiyalari, yangi turpaketlarni shakllantirish hamda turizm obyektlarini yaratish va ularni elektron auksion platformalari orqali rivojlantirish bo‘yicha nazariy va amaliy bilimlar berildi.
O‘quv kurslari davomida turizm sohasida faoliyat yuritayotgan tajribali mehmonxona, hostel va oilaviy mehmon uylari rahbarlari ishtirok etib, o‘z tajribalari bilan o‘rtoqlashdilar hamda tinglovchilar bilan o‘zaro fikr almashildi.
Shuningdek, Samarqand viloyati hududiy filiali tashabbusi bilan tashkil etilgan kurslarni muvaffaqiyatli yakunlagan tinglovchilarga sertifikatlar topshirildi. O‘quv jarayonida faol ishtirok etgan ishtirokchilar esa tashakkurnomalar bilan taqdirlandi.
Bugungi kunda mazkur yo‘nalishdagi ishlar Samarqand viloyati hududiy filiali tomonidan turizm sohasida tadbirkorlikni rivojlantirish, oilaviy mehmon uylari faoliyatini qo‘llab-quvvatlash hamda yangi turizm maskanlarini shakllantirishga xizmat qilmoqda.