Qibrayda tadbirkor ayollarni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan seminar o‘tkazildi

19-06-2026 | 75

Qibrayda tadbirkor ayollarni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan seminar o‘tkazildi

#GSBE #GraduateSchool #Women #Business #Entrepreneurship

Qibray tumani Uymout mahallasida “Ayol Brendi” ijtimoiy loyihasi doirasida “Ayolning kuchi – oilaning va jamiyatning kuchi” mavzusida seminar-trening tashkil etildi.

Tadbirda Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi Toshkent viloyati hududiy filiali mutaxassislari A.Rajabov, X.Quziboyev amaliy tavsiyalari va taqdimotlari bilan ishtirok etib, tadbirkorlikni rivojlantirish, biznesni boshlash va yuritish bo‘yicha zamonaviy yondashuvlar, amaliy misollar hamda ishtirokchilarning savollariga javoblar orqali foydali ma’lumotlar taqdim etdilar.

Tadbirda faol va tashabbuskor tadbirkor ayollar ishtirok etib, biznesni rivojlantirish, yangi g‘oyalarni amalga oshirish, tadbirkorlik faoliyatini kengaytirish, hamkorlik aloqalarini mustahkamlash va yangi imkoniyatlardan samarali foydalanish hamda ayollarning iqtisodiy faolligini oshirish masalalari yuzasidan fikr almashdilar. 

Tadbir yakunida faol ishtirok etgan tadbirkor ayollarga tashakkurnomalar topshirildi.