G‘ijduvonda aholining tadbirkorlik salohiyatini oshirishga qaratilgan o‘quv kurslari tashkil etilmoqda

19-06-2026 | 38

G‘ijduvonda aholining tadbirkorlik salohiyatini oshirishga qaratilgan o‘quv kurslari tashkil etilmoqda

#GSBE #GraduateSchool #Business #Entrepreneurship

Aholi bandligini ta’minlash, fuqarolarning daromad manbalarini kengaytirish hamda tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirish maqsadida Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi Buxoro viloyati hududiy filiali hamda G‘ijduvon tuman bandlik bo‘limi hamkorligida qisqa muddatli o‘quv kurslari yo‘lga qo‘yildi.

Mashg‘ulotlar davomida ijtimoiy reyestrda ro‘yxatda turuvchi oilalar vakillariga biznes g‘oya ishlab chiqish, biznes-reja tuzish, moliyaviy savodxonlikni oshirish hamda tadbirkorlik faoliyatini boshlash bo‘yicha amaliy bilim va ko‘nikmalar berilmoqda.

Ushbu tashabbus ishsiz fuqarolar, yoshlar va xotin-qizlarning iqtisodiy faolligini oshirish, ularning barqaror daromad manbaiga ega bo‘lishiga ko‘maklashish hamda yangi tadbirkorlik loyihalarini amalga oshirishga xizmat qiladi.