Startap va tadbirkorlik bo‘yicha o‘quv-seminar tashkil etildi

19-06-2026 | 36

Startap va tadbirkorlik bo‘yicha o‘quv-seminar tashkil etildi

#GSBE #GraduateSchool #Youth #Entrepreneurship

Jizzax Sambhram universiteti BBA fakulteti talabalari uchun startap loyihalari va tadbirkorlik ko‘nikmalarini rivojlantirishga qaratilgan 5 kunlik o‘quv-seminar bo‘lib o‘tdi.

Mazkur seminar Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi Jizzax viloyati hududiy filiali tomonidan tashkil etilib, talabalarning amaliy bilim va ko‘nikmalarini rivojlantirishga qaratilgan.

Seminar doirasida Jizzax hududiy filiali bosh mutaxassisi A. Usmonov ishtirok etib, talabalarga startap g‘oyalarini shakllantirish, biznesni rejalashtirish, marketing asoslari, loyiha ishlab chiqish hamda ularni samarali taqdim etish bo‘yicha amaliy tushunchalar berdi.

O‘quv-seminar davomida ishtirokchilar biznes g‘oyalarni yaratish va rivojlantirish, innovatsion fikrlashni shakllantirish hamda istiqbolli startap loyihalarni ishlab chiqish bo‘yicha zarur bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘ldilar.

Ushbu tashabbus talabalarning tadbirkorlik salohiyatini oshirish, innovatsion yondashuvini rivojlantirish hamda kelgusida muvaffaqiyatli biznes loyihalarni amalga oshirishga xizmat qiladi.