Yangiliklar
O‘quv kursidan muvaffaqiyatli biznes loyihasigacha
18-06-2026 | 521
Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi Navoiy viloyati hududiy filiali aholi tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirish, bandlikni ta’minlash hamda oilalarning iqtisodiy barqarorligini mustahkamlashga qaratilgan ishlarini izchil davom ettirmoqda.
Xatirchi tumanida tashkil etilgan “Tadbirkorlik va biznes asoslari” o‘quv kursida Chechakota MFYda yashovchi, “Temir daftar” ro‘yxatida turuvchi F. Xo‘jamurodova ham faol ishtirok etdi.
Kurs davomida ishtirokchilarga tadbirkorlikni tashkil etish, biznes-reja ishlab chiqish, moliyaviy savodxonlik, marketing, bozor talabini o‘rganish hamda biznesni samarali boshqarish bo‘yicha zarur bilim va ko‘nikmalar berildi.
Shuningdek, filial mutaxassislari tomonidan biznes-rejalarni tayyorlash, loyihalarning iqtisodiy samaradorligini baholash hamda imtiyozli kreditlar, ssudalar va subsidiyalarni olish tartibi yuzasidan amaliy yordam va maslahatlar taqdim etildi.