Xorazm viloyatida xotin-qizlar va yoshlar uchun o‘quv-seminar tashkil etildi

18-06-2026 | 178

Xorazm viloyatida xotin-qizlar va yoshlar uchun o‘quv-seminar tashkil etildi

#GSBE #GraduateSchool #Women #Youth #Entrepreneurship

Xorazm viloyati Qo‘shko‘pir tumanida Biznes va tadbirkorlik oliy maktabining Xorazm hududiy filiali hamda Oila va xotin-qizlar boshqarmasining Qo‘shko‘pir tuman bo‘limi hamkorligida “Ayollar daftari”ga kiritilgan xotin-qizlar va yoshlar uchun o‘quv-seminar tashkil etildi.

Tadbirning asosiy maqsadi ishtirokchilarning tadbirkorlik savodxonligini oshirish, biznes yuritish bo‘yicha amaliy ko‘nikmalarini rivojlantirish hamda tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha mavjud davlat dasturlari va imkoniyatlari haqida ma’lumot berishdan iborat bo‘ldi.

Seminarda Qo‘shko‘pir tumani hokimi o‘rinbosari S. Xudoyberganova, “Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi” AJ Xorazm filiali, “Mikrokreditbank” АТВ, “E-auksion” elektron savdo platformasi hamda boshqa hamkor tashkilotlar vakillari ishtirok etdilar.

Tadbir davomida Biznes va tadbirkorlik oliy maktabining Xorazm hududiy filiali mutaxassislari va hamkor tashkilotlar vakillari tomonidan biznesni yo‘lga qo‘yish, biznes g‘oyalarni amalga oshirish, imtiyozli kreditlardan foydalanish, elektron auksionlarda ishtirok etish hamda tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlashning mavjud mexanizmlari yuzasidan ma’lumotlar taqdim etildi.

Shuningdek, seminar yakunida savol-javob sessiyasi tashkil etilib, ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan masalalar bo‘yicha mutaxassislardan amaliy tavsiyalar va batafsil javoblar oldilar.

Bunday tadbirlar xotin-qizlar va yoshlarning tadbirkorlik ko‘nikmalarini rivojlantirish, ularning bandligini ta’minlash hamda hududning iqtisodiy faolligini oshirishga xizmat qiladi.