GBSB Global Business School vakilining tashrifi

18-06-2026 | 496

GBSB Global Business School vakilining tashrifi

#GSBE #GraduateSchool #Study #GBSBGlobalBusinessSchool

      Biznes va tadbirkorlik oliy maktabida Ispaniyaning GBSB Global Business School biznesni rivojlantirish departamenti rahbari S. Nikitin bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

     Ikki tomonlama hamkorlikning istiqbolli yo‘nalishlarini muhokama qilishda Oliy maktab direktorining o‘rinbosari Mirkomil Adilov, shuningdek, tegishli bo‘linmalar rahbarlari va ekspertlari ishtirok etdilar.

     S. Nikitin tomonidan GBSB Global Business Schoolning xalqaro faoliyati, uning innovatsion yondashuvlari va akademik salohiyati haqida taqdimot qilindi. Taqdimot davomida universitetning global ta’lim maydonidagi o‘rni, xalqaro hamkorlikka ochiqligi hamda talabalar uchun yaratilayotgan imkoniyatlar yoritib berildi.

     Uchrashuv davomida boshqaruvda sun’iy intellektdan foydalanish (AI in Management), ESG va boshqa dolzarb yo‘nalishlar bo‘yicha qo‘shma qisqa muddatli ta’lim dasturlarini amalga oshirish istiqbollariga alohida e’tibor qaratildi.