Namanganda gulchilik sohasida tadbirkorlikni rivojlantirishga bag‘ishlangan seminar bo‘lib o‘tdi

17-06-2026 | 42

Namanganda gulchilik sohasida tadbirkorlikni rivojlantirishga bag‘ishlangan seminar bo‘lib o‘tdi

#GSBE #GraduateSchool #Flower #Entrepreneurship

Namanganda 65-Xalqaro gullar festivali doirasida “Gulchilikni rivojlantirish istiqbollari” mavzusida seminar bo‘lib o‘tdi. Tadbir Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi Namangan viloyati hududiy filiali tomonidan tashkil etildi.

Tadbirning asosiy maqsadi gulchilik sohasida tadbirkorlikni rivojlantirish istiqbollarini muhokama qilish, tadbirkorlik faolligini oshirish hamda soha ishtirokchilarining biznes imkoniyatlarini kengaytirishdan iborat bo‘ldi.

Seminar davomida gulchilik va biznes sohasidagi mutaxassislar hamda amaliyotchilar tomonidan manzarali o‘simlik yetishtirishni rivojlantirish va sohani tijoratlashtirish bo‘yicha zamonaviy yondashuvlar taqdim etildi.

Ishtirokchilar gulchilikdagi zamonaviy tendensiyalar, manzarali o‘simliklarni yetishtirishning samarali usullari, talab va narx shakllanishi masalalari hamda biznesni kengaytirish yo‘llarini muhokama qildilar.

Tadbir doirasida ochiq muloqotga alohida e’tibor qaratildi. Ishtirokchilar ekspertlarga savollar berib, o‘z tajribalari bilan o‘rtoqlashdilar hamda tadbirkorlar va ishlab chiqaruvchilar bilan professional aloqalarni yo‘lga qo‘ydilar.

Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi Namangan hududiy filiali tadbirkorlar, mutaxassislar va manfaatdor tomonlarni birlashtiruvchi platforma sifatida xizmat qilib, bilim almashish va biznes kompetensiyalarini rivojlantirish uchun sharoit yaratdi.

Seminar yakunida ishtirokchilar gulchilik sohasida biznesni rivojlantirish bo‘yicha yangi bilimlarga ega bo‘ldilar, ishbilarmonlik aloqalarini o‘rnatdilar hamda Xalqaro gullar festivali maydonlarida taqdim etilgan real biznes amaliyotlari bilan tanishdilar