Yangiliklar
Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi donorlikni rivojlantirishdagi hissasi uchun taqdirlandi
15-06-2026 | 193
Toshkent shahar “Qon preparatlari” ilmiy-ishlab chiqarish korxonasi Biznes va tadbirkorlik oliy maktabiga aholi o‘rtasida beg‘araz donorlik harakatini rivojlantirish, donorlik punktlarini tashkil etish hamda qon va uning komponentlarini ixtiyoriy topshirishni targ‘ib qilish bo‘yicha faol ishlari uchun minnatdorchilik bildirdi.
Ijtimoiy ahamiyatga ega tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlash, donorlik harakatini rivojlantirish va sog‘liqni saqlash tizimi bilan hamkorlikni mustahkamlashdagi hissasi e’tirofi sifatida Oliy biznes maktabiga “Qon xizmatining faxriy do‘sti” nomli sertifikat topshirildi.
Hamkorlik doirasida Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi jamiyatda fuqarolik mas’uliyatini oshirish va donorlik madaniyatini shakllantirishga qaratilgan ijtimoiy yo‘naltirilgan tashabbuslarni amalga oshirishda ishtirok etdi.