Yangiliklar
Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya materiallari to‘plami
12-06-2026 | 132
Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi tomonidan 2026-yil 18-may kuni oʻtkazilgan “Innovatsion iqtisodiyotni shakllantirish va boshqarishda barqaror oʻsishga erishish yoʻllari: tadbirkorlik, innovatsiyalar, kichik va oʻrta biznes istiqbollari” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya materiallari toʻplami nashr etildi.
Toʻplam innovatsion tadbirkorlik xususan, startap ekotizimi, kichik va oʻrta biznes rivojlanishi, barqaror iqtisodiy oʻsish, texnologiyalar, yashil iqtisodiyot hamda moliya kabi yoʻnalishlardagi ilmiy maqola va tezislarni oʻz ichiga olgan.