Yangiliklar
“Aylanma iqtisodiyotni rivojlantirishning istiqbollari va global tendensiyalari” mavzusida tahliliy tadqiqot
Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi Yashil iqtisodiyotni ilgari surish va joriy etish loyiha ofisi tomonidan “Aylanma iqtisodiyotni rivojlantirishning istiqbollari va global tendensiyalari” mavzusida tahliliy tadqiqot materiali tayyorlandi.
Mazkur tadqiqotda aylanma iqtisodiyot bo‘yicha xalqaro tashabbuslar va siyosiy yondashuvlar, rivojlangan davlatlardagi tartibga solish amaliyoti, shuningdek, rivojlanayotgan mamlakatlarda aylanma iqtisodiyotni joriy etishdagi imkoniyat va muammolar tahlil qilingan.