Yangiliklar
Namangan viloyatida “Startap asoslari” kursi doirasidagi seminar
11-06-2026 | 38
Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi Namangan viloyati hududiy filiali, IT Park Namangan filiali hamda "Elektron onlayn-auksionlarni tashkil etish markazi" Namangan viloyati vakillari ishtirokida yoshlar va talabalar uchun “Startap asoslari” kursi doirasida seminar o‘tkazildi.
Seminar davomida ishtirokchilar uchun "Startaplarni qo‘llab-quvvatlash kompleks ekotizimi", "Startap va innovatsiyalar" hamda "Onlayn savdolarni tashkil etish, davlat mulklarini sotish va ijaraga berish hamda tadbirkorlik uchun yer uchastkalarini sotish" mavzularida o‘quv mashg‘ulotlari tashkil etildi.
Mashg‘ulotlarni Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi Namangan viloyati hududiy filiali bosh mutaxassisi X. Xikmatov, IT Park Namangan viloyat hududiy filiali startaplarni rivojlantirish bo'yicha menejeri Z. Маmаdaliyev va Elektron onlayn-auksionlarni tashkil etish AJ Namangan viloyati filiali bosh mutaxassisi A. Mirzaxmedovlar olib borishdi.
O‘quv jarayonida ishtirokchilarga startaplar, ularni qo‘llab-quvvatlash va amalga oshirish mexanizmlari, shuningdek, “E-auksion” elektron savdo platformasi va “E-auksion shop” elektron savdo do‘koni orqali mulklarni xarid qilish hamda xususiy buyurtmalar yaratish yuzasidan amaliy bilim va ko‘nikmalar berildi.
Mazkur seminar hududlardagi yoshlarning startap loyihalari bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarini oshirish, ularning innovatsion va tadbirkorlik salohiyatini rivojlantirish hamda loyihalarni samarali ishlab chiqish va boshqarish kompetensiyalarini mustahkamlashga xizmat qildi.