Andijonda o‘tkazilgan “National AI Hackathon” finalida “Deklarant” jamoasi g‘olib bo‘ldi

10-06-2026 | 44

Andijonda o‘tkazilgan “National AI Hackathon” finalida “Deklarant” jamoasi g‘olib bo‘ldi

#GSBE #GraduateSchool #AIHackathon #Startup #Entrepreneurship

Andijon shahrida “National AI Hackathon” tanlovining final bosqichi bo‘lib o‘tdi. Tanlov sun’iy intellekt asosida innovatsion yechimlar yaratish va istiqbolli startaplarni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan.

Mazkur tadbirning tadbirkorlik yo‘nalishida Biznes va tadbirkorlik oliy maktabining Andijon viloyati hududiy filiali vakillari hamda tinlovchilaridan iborat “Deklarant” jamoasi 1-o‘rinni qo‘lga kiritdi.

Jamoa tarkibidan loyiha rahbari X. Ergashev, full-stack dasturchi М. Qodirov, soha mutaxassisi М. Ashiraliyev hamda mahsulot sotuvini tashkil etish menejeri S. Jononmirzayev o‘rin oldi. 

“Deklarant.uz” startap loyihasi bojxona chegara postlaridagi tirbandliklarni kamaytirish, tadbirkorlar vaqtini tejash va bojxona jarayonlari shaffofligini oshirishga qaratilgan innovatsion yechim sifatida hakamlar hay’ati tomonidan yuqori baholandi.

Birinchi o‘rinni egallagan jamoalar respublika bosqichida ishtirok etish huquqini qo‘lga kiritdi.