Xorazm viloyati Yangiariq tumanida tadbirkorlik bo‘yicha o‘quv-seminar bo‘lib o‘tdi

05-06-2026 | 95

Xorazm viloyati Yangiariq tumanida tadbirkorlik bo‘yicha o‘quv-seminar bo‘lib o‘tdi

#GSBE #GraduateSchool #Women #Youth #Entrepreneurship

Xorazm viloyati Yangiariq tumanida Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi Xorazm viloyati hududiy filiali hamda Oila va xotin-qizlar boshqarmasining Yangiariq tuman bo‘limi hamkorligida “Ayollar daftari”ga kiritilgan xotin-qizlar va yoshlar ishtirokida o‘quv-seminar tashkil etildi.

Tadbirda hamkor tashkilotlar, jumladan “Tadbirkorlikni Rivojlantirish Kompaniyasi” AJ, “Mikrokreditbank” ATB, “Elektron onlayn-auksionlarni tashkil etish” AJ hamda boshqa mas’ul idoralar vakillari ishtirok etdilar.

    Seminar davomida ishtirokchilarga tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yish, imtiyozli kreditlardan foydalanish imkoniyatlari, elektron auksionlarda ishtirok etish tartibi hamda biznesni rivojlantirish bo‘yicha amaliy bilim va tushunchalar berildi.

Tadbir savol-javoblar va ochiq muloqot ruhida o‘tkazilib, ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan masalalar yuzasidan mutaxassislardan batafsil maslahatlar oldilar.

Mazkur seminarni tashkil etishdan asosiy maqsad xotin-qizlar va yoshlarni tadbirkorlikka keng jalb etish, ularning bandligini ta’minlash hamda iqtisodiy faolligini oshirishdan iborat bo‘ldi.