Dehqonobodda aholi va yoshlar uchun tadbirkorlikni rivojlantirishga bag‘ishlangan o‘quv seminari o‘tkazildi

04-06-2026 | 81

Dehqonobodda aholi va yoshlar uchun tadbirkorlikni rivojlantirishga bag‘ishlangan o‘quv seminari o‘tkazildi

#GSBE #GraduateSchool #Women #Youth #Entrepreneurship

Qashqadaryo viloyati Dehqonobod tumanida Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi Qashqadaryo viloyati hududiy filiali hamda Kamambag‘allikni qisqartirish va bandlik boshqarmasi Dehqonobod tuman bo‘limi hamkorligida aholi va yoshlar o‘rtasida tadbirkorlikni rivojlantirishga bag‘ishlangan o‘quv seminari tashkil etildi.

Seminarda Ijtimoiy himoya agentligi Dehqonobod tuman bo‘limi Xotin-qizlar maslahat markazi eksperti O. Norsоatova ishtirok etib, mamlakatimizda inson qadrini ulug‘lash, aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarini qo‘llab-quvvatlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar haqida ma’lumot berdi.

Tadbir davomida kichik va o‘rta biznes subyektlarini moliyaviy qo‘llab-quvvatlash mexanizmlari, imtiyozli kreditlar ajratish tartibi, biznes ko‘nikmalarini rivojlantirish imkoniyatlari hamda istiqbolli loyihalar xususida taqdimotlar o‘tkazildi.

Shuningdek, tumanda tadbirkorlik muhitini yanada yaxshilash, yoshlar va xotin-qizlarni tadbirkorlik faoliyatiga keng jalb etish, ularning innovatsion g‘oyalarini qo‘llab-quvvatlash va amalga oshirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish masalalari muhokama qilindi.