Yangiliklar
Buxoro viloyati Qorovulbozor tumanida tadbirkorlik va moliyaviy savodxonlik kurslari o‘tkazildi
04-06-2026 | 79
Qorovulbozor tumanida aholi bandligini ta’minlash va kambag‘allikni qisqartirish maqsadida Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi Buxoro viloyati hududiy filiali hamda tuman Kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish bo‘limi hamkorligida qisqa muddatli o‘quv kurslari tashkil etildi.
Mazkur kurslarga xotin-qizlar va yoshlar jalb qilinib, ularga biznes-reja tuzish, tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yish, davlat tomonidan yaratilgan imtiyozlardan foydalanish va shaxsiy moliyani boshqarish bo‘yicha amaliy bilimlar berildi.
O‘quv kurslari yakunida ishtirokchilar o‘z biznes g‘oyalarini shakllantirish, biznes-rejalar ishlab chiqish hamda tadbirkorlik faoliyatini boshlash uchun zarur ko‘nikmalarga ega bo‘ldilar. Shuningdek, tinglovchilar mavjud davlat dasturlari va moliyaviy qo‘llab-quvvatlash mexanizmlaridan samarali foydalanish imkoniyatlari haqida batafsil ma’lumot oldilar.
Kurs bitiruvchilarini o‘z faoliyatini yo‘lga qo‘yish jarayonida maslahat va uslubiy jihatdan qo‘llab-quvvatlash, istiqbolli biznes tashabbuslarini rivojlantirish hamda ularni mavjud bandlik va tadbirkorlik dasturlariga yo‘naltirish bo‘yicha tavsiyalar berildi.
Tashabbusning asosiy maqsadi aholining tadbirkorlik ko‘nikmalarini rivojlantirish, moliyaviy savodxonligini oshirish hamda yangi daromad manbalarini yaratishga ko‘maklashishdan iborat.