Yangiliklar
Biznes va tadbirkorlik oliy maktabida Nyu-York Davlat Universiteti professori ma’ruza o‘tkazdi
04-06-2026 | 400
Biznes va tadbirkorlik oliy maktabida AQShning Toshkentdagi Elchixonasi ko‘magida Fulbright dasturi doirasida O‘zbekistonga tashrif buyurgan Nyu-York Davlat Universiteti professori Intekhab Alamning ochiq ma’ruzasi bo‘lib o‘tdi. Tadbirda Oliy biznes maktabi professor-o‘qituvchilari, xodimlari hamda tinglovchilari ishtirok etdilar.
Ma’ruza mavzusi - “Business Education as a Catalyst for Innovation, Technology and Social Change” (“Biznes ta’limi innovatsiyalar, texnologiyalar va ijtimoiy o‘zgarishlarning katalizatori sifatida”).
Professor Intekhab Alam o‘z ma’ruzasi davomida biznes ta’limini rivojlantirish bo‘yicha xalqaro tajriba va zamonaviy yondashuvlar bilan o‘rtoqlashdi hamda uning innovatsion iqtisodiyotni shakllantirish, yangi texnologiyalarni joriy etish va ijobiy ijtimoiy o‘zgarishlarni rag‘batlantirishdagi muhim o‘rnini ta’kidladi. Shuningdek, tez sur’atlar bilan o‘zgarib borayotgan global bozor sharoitlariga moslasha oladigan va jamiyatning barqaror rivojlanishiga hissa qo‘sha oladigan mutaxassislarni tayyorlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.