Sirdaryo viloyatida maktab bitiruvchilari uchun davra suhbati tashkil etildi

26-05-2026 | 84

Sirdaryo viloyatida maktab bitiruvchilari uchun davra suhbati tashkil etildi

#GSBE #GraduateSchool #Entrepreneurship #Eauksion

Sirdaryo viloyati Sirdaryo tumanidagi Ixtisoslashtirilgan maktabning 11-sinf bitiruvchilari ishtirokida tadbirkorlik va zamonaviy biznes yo‘nalishlariga bag‘ishlangan davra suhbati o‘tkazildi.

Tadbir Biznes va tadbirkorlik oliy maktabining Sirdaryo viloyati hududiy filiali hamda “Elektron onlayn-auksionlarni tashkil etish” AJ viloyat vakillari hamkorligida tashkil etildi.

Uchrashuvdan ko‘zlangan asosiy maqsad yoshlarni tadbirkorlikka jalb etish, ularda biznes yuritish ko‘nikmalarini shakllantirish hamda elektron savdo tizimlari va onlayn auksionlar faoliyati haqida tushuncha berishdan iborat bo‘ldi.

Tadbirda ishtirokchilarga tadbirkorlik asoslari, biznesni rivojlantirish imkoniyatlari, elektron savdo platformalarining afzalliklari va onlayn auksionlarni tashkil etish tartiblari yuzasidan batafsil ma’lumot berildi.

Shuningdek, bitiruvchilarga zamonaviy biznes muhitida faoliyat yuritish, biznes g‘oyalarni amalga oshirish hamda elektron savdo tizimlaridan samarali foydalanish bo‘yicha tavsiyalar berildi.

Tadbir interaktiv ruhda o‘tib, o‘quvchilar mutaxassislar bilan savol-javob asosida fikr almashdilar.

Mazkur davra suhbati yoshlarning tadbirkorlik sohasidagi bilim va amaliy ko‘nikmalarini oshirishda muhim ahamiyat kasb etdi.