Tadbirkorlik va soliq imtiyozlari bo‘yicha amaliy seminar

25-05-2026 | 33

Tadbirkorlik va soliq imtiyozlari bo‘yicha amaliy seminar

#GSBE #GraduateSchool #Finance #Tax #Entrepreneurship

Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi Surxondaryo hududiy filiali tomonidan Termiz shahridagi Abu Ali ibn Sino nomidagi Jamoat salomatligi texnikumida aholi va yoshlar uchun “Tadbirkorlik faoliyatini moliyaviy qo‘llab-quvvatlash va soliq bo‘yicha imtiyozlar” mavzusida amaliy seminar o‘tkazildi.

Tadbirning asosiy maqsadi ishtirokchilarga tadbirkorlikni boshlash va rivojlantirish bo‘yicha amaliy bilimlar berish, moliyaviy qo‘llab-quvvatlash mexanizmlari hamda mavjud imkoniyatlar haqida keng tushuncha shakllantirishdan iborat bo‘ldi.

Seminar davomida tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yish bosqichlari, biznesni moliyalashtirishning mavjud instrumentlari, imtiyozli kreditlar va subsidiya dasturlari, shuningdek soliq tizimidagi yengillik va imtiyozlar yuzasidan batafsil ma’lumotlar taqdim etildi. Bundan tashqari, yoshlar bandligini ta’minlash hamda kichik biznesni rivojlantirishga oid amaliy tavsiyalar berildi.

Tadbir interaktiv ruhda o‘tdi, ishtirokchilar mutaxassislar bilan faol muloqot qilib, o‘zlarini qiziqtirgan savollarga atroflicha javob oldilar.