Yangiliklar
Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi tinglovchilari Oliy Majlis Qonunchilik palatasiga tashrif buyurishdi
22-05-2026 | 507
Biznes oliy maktabi magistratura tinglovchilari O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasiga “Parlamentda yoshlar o‘rni” loyihasi doirasida tashrif buyurdilar. Tashrif Fan, ta’lim, madaniyat, sport va yoshlar masalalari qo‘mitasi tomonidan tashkil etildi.
Tadbir davomida ishtirokchilarga parlament faoliyati, qonun ijodkorligi jarayonlari hamda mamlakatimizda yoshlar siyosati yo‘nalishida amalga oshirilayotgan islohotlar haqida batafsil ma’lumot berildi. Parlament qo‘mitalari, siyosiy partiyalar fraksiyalari, Yoshlar parlamenti hamda Yoshlar masalalari bo‘yicha komissiya faoliyati yuzasidan ham tushuntirishlar berildi.