Yangiliklar
Guliston davlat universiteti Iqtisodiyot fakulteti talabalari uchun davra suhbati tashkil etildi
19-05-2026 | 42
Tadbir Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi Sirdaryo viloyati hududiy filiali tomonidan “ATB Mikrokreditbank” viloyat hududiy boshqarmasi, Davlat aktivlarini boshqarish agentligi hududiy boshqarmasi hamda elektron onlayn auksionlarni tashkil etish vakillari hamkorligida o‘tkazildi.
Davra suhbati davomida ishtirokchilarga tadbirkorlik asoslari, startaplarni tashkil etish va rivojlantirish imkoniyatlari, bo‘sh yer uchastkalaridan samarali foydalanish, shuningdek elektron savdo platformalari va onlayn auksionlar bo‘yicha batafsil ma’lumot berildi.
Uchrashuv interaktiv ruhda o‘tkazilib, talabalar mutaxassislar bilan savol-javoblar orqali o‘zlarini qiziqtirgan masalalar yuzasidan fikr almashdilar.
Mazkur tadbir talabalarining tadbirkorlik bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarini kengaytirish hamda kelgusidagi kasbiy faoliyati uchun muhim tajriba bo‘lib xizmat qildi.