Hurmatli professor-o‘qituvchilar, tinglovchilar va mehmonlar!

18-05-2026 | 38

Hurmatli professor-o‘qituvchilar, tinglovchilar va mehmonlar!

#GSBE #GraduateSchool #Masterclass #SociallyResponsibleMarketing

Sizlarni “Ijtimoiy mas’uliyatli marketing“ mavzusida navbatdagi mahorat-darsi uchrashuviga taklif etamiz.

Mahorat darsida ishtirokchilar quyidagi bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘ladilar:

-Ijtimoiy mas'uliyatni kompaniya jamoasi darajasida joriy etish va marketing menejmentiga bog‘lash;

-Ijtimoiy mas'uliyatli marketingning asosiy qoidalari va yo‘nalishlari bo‘yicha to‘g‘ri strategiya tanlash;

-Ijtimoiy loyihalar orqali brend imijini kuchaytirish va bozorda ustunlikka erishish;

-Past daromadli iste'molchilar qatlami bilan ishlashning o‘ziga xos marketing usullari;

-Ekologik va ijtimoiy barqarorlik muammolarini hisobga olgan holda uzoq muddatli kampaniyalar tuzish.

Dasturimiz mehmon maruzachisi ALYANS AUTO kompaniyasining marketing, savdo va servis bo‘yicha Bosh direktor o‘rinbosari - Kadirov Sarvar Sabirovich.

Sana: 20-may, 2026-yil Vaqti: 14:00 Manzil: Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi. (3-qavat, 7-auditoriya) Telefon: +998 91 163-51-15