Yangiliklar
Farg‘onada yoshlar uchun seminar o‘tkazildi
14-05-2026 | 60
Farg‘ona viloyati Oltiariq tumani 2-son politexnikumida yoshlarni tadbirkorlikka jalb etish va biznes sohasidagi bilimlarini oshirish maqsadida “Yosh tadbirkorlarga berilayotgan imtiyozlar va biznesga ilk qadam” mavzusida seminar tashkil etildi.
Tadbir Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi Farg‘ona viloyati hududiy filiali, IT Park Farg‘ona filiali hamda “Elektron onlayn-auksionlarni tashkil etish” AJ Farg‘ona viloyati vakillari hamkorligida o‘tkazildi.
Seminarda 100 nafardan ortiq yoshlar ishtirok etib, ularga biznesni boshlash, startap loyihalarni shakllantirish, biznes-reja tuzish, moliyalashtirish manbalari hamda innovatsion g‘oyalarni amalga oshirish bo‘yicha muhim ma’lumotlar berildi. Shuningdek, sun’iy intellekt va raqamli texnologiyalardan foydalanish imkoniyatlari haqida ham tushuntirishlar berildi.
Mutaxassislar tomonidan yoshlar uchun mavjud imtiyozlar, grantlar va IT sohasidagi istiqbolli yo‘nalishlar yuzasidan tavsiyalar berildi.
Mazkur seminar yoshlarning biznes tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash va ularni tadbirkorlikka keng jalb etishga xizmat qildi.