Yangiliklar
“Yashil iqtisodiyot” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi
14-05-2026 | 50
Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi Surxondaryo viloyati hududiy filiali tomonidan viloyat pedagogik mahorat markazida “Yashil iqtisodiyot” mavzusida davra suhbati tashkil etildi.
Tadbirda Termiz shahridagi “Turon” mahallasi fuqarolari hamda biologiya fani o‘qituvchilari faol ishtirok etishdi.
Davra suhbati davomida ishtirokchilarga yashil iqtisodiyotning mazmun-mohiyati va ahamiyati, energiya samaradorligi, qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanish, global ekologik muammolar, ekologiya sohasida zamonaviy raqamli va “aqlli” texnologiyalarning o‘rni, shuningdek, yashil tadbirkorlik va kelajak kasblari haqida batafsil ma’lumotlar berildi.
Shuningdek, “Green + Digital” transformatsiya jarayonlari, ekologik madaniyatni shakllantirish hamda tabiiy resurslardan oqilona foydalanish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Tadbir davomida dolzarb ekologik masalalar yuzasidan fikr almashildi, yakunda esa ishtirokchilar mavzu doirasida qiziqarli taklif va savollar bilan ishtirok etdilar.
Tashkilotchilar aholi orasida ekologik bilim va madaniyatni oshirish, shuningdek, barqaror rivojlanish tamoyillarini kundalik hayot va kasbiy faoliyatga keng joriy etish muhimligini ta’kidladilar.