Yangiliklar
“Biznesga ilk qadam” loyihasi doirasida seminar o‘tkazildi
14-05-2026 | 43
Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi Namangan viloyati hududiy filiali, Namangan viloyati Kasbiy taʼlim boshqarmasi hamda Davlat aktivlarini boshqarish agentligi Namangan viloyati hududiy boshqarmasi hamkorligida yoshlar va talabalar uchun “Biznesga ilk qadam” loyihasi doirasida navbatdagi seminar tashkil etildi.
Tadbir davomida ishtirokchilarga tadbirkorlikning asosiy tamoyillari, biznes yuritish yo‘llari, zamonaviy biznes muhitidagi imkoniyatlar, biznes g‘oyalarni shakllantirish va rejalashtirish, moliyaviy savodxonlikni oshirish hamda davlat tomonidan taqdim etilayotgan imtiyoz va grantlar haqida batafsil ma’lumot berildi.
Mashg‘ulotlar davomida davlat aktivlarini realizatsiya qilish (xususiylashtirish), ijaraga berishning ochiq va shaffof mexanizmlari hamda davlat-xususiy sheriklik yo‘nalishidagi amaliy jarayonlar yuzasidan ham tushuntirishlar berildi.
Seminar yakunida ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga mutaxassislardan batafsil javob oldilar va tadbirkorlik faoliyatini boshlash bo‘yicha amaliy tavsiyalar bilan tanishdilar. Tadbir yoshlarning biznesga bo‘lgan qiziqishini oshirish va ularning amaliy ko‘nikmalarini rivojlantirishga xizmat qildi.