Tadbirkorlik faoliyatida moliyaviy instrumentlardan samarali foydalanish

13-05-2026 | 149

Tadbirkorlik faoliyatida moliyaviy instrumentlardan samarali foydalanish

#GSBE #GraduateSchool #Finance #Credit

Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi Surxondaryo viloyati hududiy filiali hamda “Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi” AJ Surxondaryo viloyati filiali hamkorligida Termiz davlat universiteti Iqtisod fakulteti bitiruvchi talabalari va tadbirkorlar uchun “Tadbirkorlik faoliyatida moliyaviy instrumentlardan samarali foydalanish” mavzusida seminar tashkil etildi.

Tadbir davomida ishtirokchilarga tadbirkorlik faoliyatini moliyaviy qo‘llab-quvvatlash mexanizmlari, biznes loyihalarni moliyalashtirish imkoniyatlari hamda zamonaviy moliyaviy instrumentlardan samarali foydalanish bo‘yicha batafsil ma’lumotlar berildi. Xususan, kreditlar bo‘yicha kafillik va kompensatsiya olish tartiblari, xizmatlar ipotekasi, maqsadli qarz va ulush kiritish mexanizmlari haqida tushunchalar berildi.

Shuningdek, “Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi” AJ tomonidan resurs ajratish, kompensatsiya, kafolat, ulush kiritish va xizmatlar ipotekasi kabi moliyaviy qo‘llab-quvvatlash vositalari imtiyozli shartlarda taqdim etilishi ta’kidlandi.

Seminar yakunida ishtirokchilar mutaxassislarga o‘z savollarini yo‘llab, biznesni boshlash va rivojlantirish bo‘yicha amaliy tavsiyalar oldilar.

Mazkur seminar yoshlarning tadbirkorlik ko‘nikmalarini rivojlantirish, biznes tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash hamda iqtisodiy faolligini oshirishga xizmat qildi.