Namangan viloyatida tadbirkor ayollar uchun seminar tashkil etildi

13-05-2026 | 462

Namangan viloyatida tadbirkor ayollar uchun seminar tashkil etildi

#GSBE #GraduateSchool #WomenDevelopment #Entrepreneurship

Joriy yilning 13 may kuni Namangan shahrida joylashgan “Kasbiy ko‘nikmalar markazi”da Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi Namangan viloyati hududiy filiali hamda “Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi” AJ Namangan viloyati filiali hamkorligida tadbirkor ayollar uchun seminar tashkil etildi.

Mazkur tadbir 2026 yilga mo‘ljallangan hamkorlik rejasi doirasida amalga oshirilib, o‘z faoliyat yo‘nalishlarini kengaytirish istagida bo‘lgan tadbirkor ayollarni qo‘llab-quvvatlashga qaratildi

Seminar davomida kichik va o‘rta tadbirkorlik subyektlari tomonidan amalga oshirilayotgan biznes loyihalar, ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish sohasidagi tashabbuslar, shuningdek, “Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi” tomonidan taqdim etilayotgan kompensatsiya va qo‘llab-quvvatlash choralari yuzasidan batafsil o‘quv mashg‘ulotlari o‘tkazildi