Davra suhbati, master-klass va biznes sayohatga taklif!

12-05-2026 | 50

Davra suhbati, master-klass va biznes sayohatga taklif!

#GSBE #GraduateSchool #Bukhara #BusinessMasterclass

Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi Buxoro viloyati hududiy filiali tomonidan “Tadbirkorlikka ilk qadam: tajriba va maslahatlar” mavzusida davra suhbati, master-klass hamda biznes sayohat tashkil etilmoqda.

Ushbu tadbir yoshlar orasida tadbirkorlik ruhini shakllantirish, ularga real biznes muhiti bilan yaqindan tanishish, amaliy tajriba olish va muvaffaqiyatli tadbirkorlarning tavsiyalaridan foydalanish imkoniyatini yaratishga qaratilgan.

Tadbir davomida ishtirokchilar quyidagi yo‘nalishlarda foydali bilim va amaliy ko‘nikmalarga ega bo‘ladilar:

  • Tadbirkorlikni boshlashning ilk bosqichlari;

  • Minimal mablag‘ bilan biznes boshlash imkoniyatlari;

  • Birinchi mijozlarni jalb qilish usullari;

  • Biznesdagi eng ko‘p uchraydigan xatolar va ularning yechimlari;

  • Motivatsiya va amaliy tavsiyalar.

Master-klass

Master-klass davomida Buxoro viloyatining turli sohalarida muvaffaqiyatli faoliyat yuritayotgan tajribali tadbirkorlar o‘z tajribalari, biznes yuritish sirlari hamda amaliy tavsiyalari bilan o‘rtoqlashadilar.

Tadbirning ikkinchi qismida biznes sayohat tashkil etiladi. 

Ishtirokchilar bir nechta korxonalarga tashrif buyurib:

  • Korxona faoliyati bilan joyida tanishadilar;

  • Ish jarayonlarini amaliy kuzatadilar;

  • Rahbar va mutaxassislar bilan suhbat olib boradilar;

  • Real biznes muhiti qanday ishlashini o‘rganadilar.

Tadbir nafaqat nazariy bilim, balki haqiqiy amaliy tajriba olish imkoniyatini ham taqdim etadi.

Sana: 22-may, 2026-yil

Vaqti: 10:00

Manzil: Buxoro shahri, Turizm va madaniy meros texnikumi

Batafsil ma’lumot uchun: 93 450 82 68, 99 702 13 86

Murojaatlar uchun: @NMB_8268, Telegram kanal: https://t.me/nmbuz_biznes