To‘rtko‘l tumanida tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha moliyaviy imkoniyatlar haqida seminar o‘tkazildi

06-05-2026 | 47

To‘rtko‘l tumanida tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha moliyaviy imkoniyatlar haqida seminar o‘tkazildi

#GSBE #GraduateSchool #Finance #Credit

2026-yil 6-may kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasi To‘rtko‘l tumani hokimligi binosida Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi Qoraqalpog‘iston Respublikasi hududiy filiali hamda Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi hududiy filiali hamkorligida seminar-trening tashkil etildi.

Tadbirda tumandagi kichik va o‘rta biznes vakillari, shuningdek tijorat banklari mas’ul xodimlari ishtirok etdi.

Seminar davomida ishtirokchilarga tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan mavjud moliyaviy instrumentlar bo‘yicha taqdimotlar o‘tkazildi. Jumladan, kafillik, kompensatsiya, ulush kiritish hamda resurs ajratish mexanizmlari haqida tushuntirishlar berildi.

Mazkur mexanizmlar orqali tadbirkorlarning moliyaviy imkoniyatlarini kengaytirish, investitsiya jalb qilishni yengillashtirish hamda kredit olish jarayonlarini soddalashtirish masalalari muhokama qilindi.

Shuningdek, kichik va o‘rta biznes subyektlarini qo‘llab-quvvatlash, ularning loyihalarini moliyalashtirish va bank xizmatlaridan samarali foydalanish imkoniyatlarini oshirish bo‘yicha amaliy tavsiyalar berildi.

Tadbir yakunida ishtirokchilar tomonidan berilgan savollarga mutaxassislar batafsil javob berdi hamda bunday amaliy uchrashuvlarni kelgusida ham davom ettirish rejalashtirilgani ta’kidlandi.