Guliston davlat universitetining iqtisodiyot fakulteti talabalariga davra suhbati tashkil etildi

06-05-2026 | 28

Guliston davlat universitetining iqtisodiyot fakulteti talabalariga davra suhbati tashkil etildi

#GSBE #GraduateSchool #SmallBusiness #Entrepreneurship

Tadbir Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi Sirdaryo viloyati hududiy filiali tomonidan IT Park Sirdaryo filiali, “Elektron onlayn-auksionlarni tashkil etish” AJ Sirdaryo viloyati filiali hamda “Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi” AJ vakillari hamkorligida o‘tkazildi.

Davra suhbati davomida ishtirokchilarga tadbirkorlik va biznes asoslari, startaplarni tashkil etish, biznesni rivojlantirish imkoniyatlari, shuningdek elektron savdo platformalari va onlayn auksionlarni yo‘lga qo‘yish masalalari yuzasidan ma’lumotlar berildi.

Uchrashuv davomida talabalarga zamonaviy biznes muhitida faoliyat yuritish, startap loyihalarni shakllantirish va amalga oshirish, shuningdek elektron savdo tizimlaridan samarali foydalanish bo‘yicha zarur bilim va ko‘nikmalar taqdim etildi.

Tadbir interaktiv va qiziqarli ruhda o‘tkazilib, talabalar hamkor tashkilotlar vakillari bilan savol-javob asosida o‘zaro fikr almashdilar.

Mazkur davra suhbati iqtisodiyot fakulteti talabalarining tadbirkorlik sohasidagi bilimlarini kengaytirish, amaliy ko‘nikmalarini rivojlantirish hamda ularning kelgusidagi kasbiy faoliyati uchun muhim tajriba bo‘lib xizmat qildi.